Real Madrid Mbappega qancha bonus to'lashi ma'lum

Khoja
13 may 2024
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Real Madrid safida tekinga o'tayotgani sababli katta miqdorda bonus oladi.

Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, Qirollik klubi hujumchiga 100 million evro bonus beradi, biroq bu pullarni madridliklar besh yil davomida to'lab borishadi.

Eslatib o'tamiz, Mbappe yozda erkin agent sifatida PSJni tark etadi. Uning navbatdagi jamoasi esa Real Madrid bo'ladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com