"Real Madrid" ketma-ket 6-o'yinda g'alaba qozondi

Omonjon To`xtamirzayev
3 iyul 2020, 03:17
Ispaniya chempionati 33-turida "Real" "Xetafe"dan kuchliroq ekanligini isbotlay oldi (1:0).

Zinedin Zidan jamoasi qatorasiga 6-o'yinda zafar quchdi. Barcha g'alaba La Liga doirasidagi bellashuvlarda qayd etildi.

Ushbu o'yinlardagi raqiblar va hisob:

"Eybar" (uyda) 3:1

"Valensiya" (uyda) 3:0

"Real Sosedad" (safarda) 1:2

"Malorka" (uyda) 2:0

"Espanol" (safarda) 0:1

"Xetafe" (uyda) 1:0

Natijada, "Real" eng yaqin taqibchisi "Barselona"dan endi 4 ochko oldinda bormoqda va musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar poygasidagi holat bilan tanishing: Ispaniya chempionati turnir jadvali 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia