"Real" - LaLigada eng ko'p penalti tepgan klub

Aslanov Jasurbek
11 mar 2019, 12:50
Kecha, 10 mart kuni "Real" mehmonda "Valyadolid"ni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

"Qaymoqranglilar"ning ikkinchi golini hujumchi Karim Benzema penaltidan urdi. Mezbonlar himoyachisi Oskar Plano o'z jarima maydonchasida qo'pol o'ynagani uchun, ularning darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Real" joriy mavsum Ispaniya chempionatida to'qqizinchi marta penalti tepdi. LaLigada ulardan ko'p 11 metrlik jarima to'p tepgan jamoa yo'q. Ushbu jarima zarbalarining barchasi golga aylantirilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal