"Real" LaLiga rahbariyatiga murojaat qildi

Eldor Akmurzayev
30 iyun 2019, 23:55
"Real"ning uy stadioni bo'lgan "Santyago Bernabeu"da rekonstrukciya ishlari boshlandi, deya xabar qiladi Marca.

Shu bois madridliklar 2019/20 yilgi chempionatning ilk uchta turini safarda o'tkazishni LaLiga rahbariyatidan so'ragan. Biroq, hozircha mutasaddilar tomonidan "qirollik klubi"ning murojaati qondirilmagan. Avvalroq, bu kabi holat Madridning boshqa bir jamoasi "Atletiko" bilan ham ro'y bergan va o'shanda ularga Primero vakillari tomonidan ijobiy javob berilgandi. 

Qayta ta'mirlash ishlarining asosiy qismi yozda o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, stadion rekonstrukciyasi 3,5 yilda bitishi kutilmoqda. O'yingoh yangilanyotgan vaqtda Real uy o'yinlarini o'tkazishi mumkinligi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca