"Real" Kulibali uchun Modrichdan voz kechishga tayyor

13 dek 2019, 01:54
Ispan grandiga "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali kerak.

El Desmarque nashri xabariga ko'ra, "qirollik klubi" Kulibalini o'z safiga qo'shib olish uchun xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich bilan xayrlashishga ham tayyor. Modrich kelishuvning bir qismi bo'lishi kutilmoqda. Oldinroq Neapol klubi o'z himoyachisini 120 million evrodan kamiga qo'yib yubormasligini e'lon qilgandi.

"Real" prezidenti Florentino Peres "50 mln. evro + Modrich" ko'rinishidagi taklif "Napoli"ni rozi qilishiga umid bog'lamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Desmarque