"Real" Kavani bilan shartnoma imzolash variantini ko'rmoqda

Alisher
30 sen 2021, 13:43
"Manchester Yunayted" forvardi Edinson Kavani faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

34 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash variantini Madridning "Real" klubi ko'rib chiqmoqda. Transfer yanvarda rasmiylashtirilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Kavanining MYUdan ketish xohishiga jamoaga Krishtianu Ronalduning kelishi sabab bo'lmoqda.

MYU bilan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan futbolchiga "Barselona" ham da'vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Nacional