"Real" Kamavinganing transferi borasida ishni to'xtatdi

Alisher
13 yanv 2021
"Real" "Renn" yarim himoyachisi Eduardu Kamavinganing xaridini kechiktirishga qaror qildi.

Fransiyalik futbolchining vakillari va "Real" o'rtasidagi aloqalar bir oy oldin boshlangandi, ammo u hozirda aprelga qadar to'xtab qoldi.

"Qaymoqranglilar" koronavirus pandemiyasining rivojlanishini va klubning CHL pley-offidagi ishtirokini ko'rishmoqchi.

18 yoshli o'yinchi joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: As