"Real" ishtirokidagi o'yinlar - ispan televideniyasida eng ommabopi

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyul 2018, 16:08
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, ispaniyalik teletomoshabinlar eng ko'p murojaat qilgan klub bu Madridning "Real" klubi bo'ldi.

2017/18-yilgi mavsum davomida "galaktikos" umumiy hisobda 137 mln teletomoshabinlar auditoriyasini to'play oldi. Bunday ko'rchatkichlar Havas Sports tomonidan aniqlab boriladi va natijlara Palco23 portalida e'lon qilingan.

Poytaxt jamoasi Chempionlar Ligasida bu mavsum ham zafar quchdi, hamda teleauditoriya borasida ham La Liga va Chempionlar Ligasi rekordini qayd etdi (47,09 mln va 63,45 mln o'tgan mavsum davomida).

E'tiborlisi, Ispaniyada La Liga bahslari telereytingi Chempionlar Ligasiga qaraganda yuqoriroq (197 mln - 112 mln). O'rtacha ispan klublari ishtirokidagi o'yinlar teleauditoriyasi 521 ming tomoshabin e'tiborini tortdi.

Chempionlar Ligasi finalida "Real" va "Liverpul" o'rtasidagi to'qnashuv klublar miqyosida eng ko'p tomoshabin to'plagan o'yin bo'ldi - 9,29 mln ispaniyaliklar.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru