"Real" "Inter" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
17 sen 2021, 21:02
"Inter" yarim himoyachisi Nikola Barella faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" yozda italiyalik yarim himoyachini qo'lga kiritish uchun jiddiy kurashadi.

"Real" yozda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani qo'lga kiritishga urinib ko'rgandi, ammo hozirda Madrid klubi o'z fikridan qaytgan. Endi "Qirollik klubi" italiyalik futbolchi bilan kelishishga harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, Barella 2020 yilda "Kalyari"dan 32,5 million evro evaziga "Inter"ga o'tgandi. U joriy mavsum A Seriyada uchta o'yin o'tkazib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fichajes