"Real" forvardi Ibragimovich tufayli "Milan"ga o'tmagan

22 yanv 2021, 19:59
"Real"da o'ynab keta olmagan Luka Yovich 1 hafta oldin Frankfurtning "Ayntraxt" klubiga ijaraga berilgan edi.

Hujumchini ijaraga olishga da'vogarlik qilgan klublar orasida "Milan" ham bor edi. "Bild" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, serbiyalik futbolchi Zlatan Ibragimovich tufayli doimiy o'yin vaqtini ololmasligidan qo'rqib, ushbu variantdan voz kechgan.

Natijada, "Milan" rahbariyati jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirish uchun boshqa variantlarni izlashga majbur bo'ldi va klub erkin agent bo'lib turgan Mario Manjukich bilan shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild