Real Dibalaga yiliga 15 million evro to'lamoqchi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2016
Real Yuventus futbolchisi Paulo Dibalani o'z safiga ko'shib olish uchun astoydil bel bog'lagan.

"Qirollik klubi" argentinalik futbolchiga yiliga 15 million evro to'lashga tayyor. Agar u madridliklar taklifini qabul qiladigan bo'lsa jamoadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxatida Ronaldu va Beyldan so'ng uchinchi o'ringa chiqib oladi.

Ta'kidlab o'tish lozimki, Dibalaning "Yuve" bilan yangi shartnomasida futbolchining maoshi yiliga 5 million evro qilib belgilanishi kutilmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: abola.pt