"Real" braziliyalik darvozabon uchun 70 million evro to'lashga tayyor

Tolibjon Qosimov
10 may 2018, 13:33
Madridning "Real" klubi hamon "Roma" darvozaboni Alissonni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda "RMC" ma'lum qildi. Braziliya terma jamoasi kiperi uchun "qaymoqranglilar" 70 million evro ajratishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, "bo'rilar" o'z posbonlarini saqlab qolish uchun harakat qilishmoqda. Hatto, klub Alissonga maoshi 2 barobar oshirilgan yangi shartnoma ham taklif qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: RMC