"Real" 3 ta transferni foydali narxda amalga oshirmoqchi

Sherzod Nurmatov
24 fev 2026
Madridning "Real" klubi boshqa ligalarda o'zini yaxshi ko'rsatgan iqtidorli tarbiyalanuvchilarini qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Gap Xakobo Ramon va Niko Pas (ikkalasi ham "Komo"dan), shuningdek, "Shtutgart"da o'ynayotgan Chema Andres haqida ketmoqda.

"Real" mazkur tarbiyalanuvchilarni foydali narxda qaytarishni rejalashtiryapti, buning uchun "qaymoqranglilar" o'yinchilar jamoani tark etganida shartnomalariga kiritilgan maxsus qayta sotib olish shartlaridan foydalanmoqchi.

Qayd etilishicha, "Real" bu kuchaytirishlar orqali yarim himoya chizig'iga yangi qon quyishni istaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS