Ravshan Haydarov: "Asosiysi natija va bunga erishdik"

4 avg 2013, 23:35
Bugun bo'lib o'tgan "Dinamo" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng har ikki jamoa bosh murabbiylari jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
"Biz uchun bugungi o'yin og'ir bo'lishini bilar edik. Yangilangan tarkib bilan maydonga tushgan har ikki jamoa ham g'alaba uchun o'ynadi. Biz o'z o'yinimizga tayangan holda o'ynadik. Ularning maqsadi ham aniq edi. Men futbolchilar hali bir birini yaxshi tushinib olmaganligi uchun ehtiyotkor o'ynash kerakligini aytgan edim. Asosiysi natija va biz bunga erishdik. Natijadan xursandman".

"Bizni oxirgi tibbiy ko'rikdan uch nafar o'yinchimiz o'ta olmadi. Sayfiev, Dadashev, Mamatkazinlarda ushbu muommo bor. Sharofutdinov esa ikkita o'yinni o'tkazib yuboradi. Samatov ham nazorat uchrashuvida olgan jarohatidan hali to'liq xalos bo'lganicha yo'q".

"Meni Kleckov borasida aniq xabarim yo'q. Bilishimcha u turk klubiga o'tgan va shartnoma tuzgan. Aniq narsa aytib mushkul,  lekin jamoamizdan ketganini bilaman xolos".

"Sho'rtan" ga qarshi ham faqat shu o'yinchilar bilan o'ynashga majburmiz. Tibbiy ko'rikdan o'ta olmaganlar esa ikkinchi turdan so'ng qaytadan o'tishi mumkin."

"Hali jamoaga kelib qo'shilgan yangi o'yinchilar haqida biron narsa deyish qiyin. Muhitga va jamoaga moslashishi kerak. Shuning uchun o'yinga ta’sir o'tkazdi deya olaman. O'ylaymanki tezda ular ham kirishib ketishadi".

"Yozgi transfyerda vaqt kam va hujumchi olish qiyin. Yaxshi hujumchi bo'lsa ularning o'ziga ham kerak bo'ladi. Agar tasodifan nomdor, yaxshi hujumchi chiqib qolsa joy deb olamiz".

Manba: championat.asia