Ravshan Ermatov: “Farg'onadagi o'zgarishlarni ko'rib hayratda qoldim”

Narzulla Saydullayev
26 may 2016, 17:01
Bugun Farg'ona Politexnika intstutida FIFA referisi, Jahonning 2015 yilgi eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

“Universiada-2016” dasturidan o'rin olgan uchrashuv oldidan Ravshan Ermatov o'zining fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

 - Ochig'ini atysam, “Universiada-2016” sabab Farg'onada bo'lib o'tgan o'zgarishlarni ko'rib hayratda qoldim.  To'g'risi “Universida” ishtirokchilariga havasim keldi. Bugungi kunda talabalarga yaratilayotgan sharoitlar a'lo darajada desam, adashmayman. Faqat o'qish va bilim olish kerak, xolos. Yurtboshimiz aytganidek, biz hech kimdan kam emasmiz va kam  bo'lmaymiz ham. Kelajakda ushbu talabalardan Jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqsa ajab emas.

- Bugungi kunda sportchilar uchun ham yaxshi sharoitlar yaratilgan. Barcha yuqori kayfiyatda mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Kayfityat yuqori bo'lgan joyda samaradaorlik ham oshadi.

- Yildan-yilga o'zbek futbolining nufuzi oshib bormoqda. Osiyoning ko'plab mamlakatlari bizdagi rivojlanishni ko'rib lol qolmoqda. Biz hozir poydevorni mustahkam bormoqdamiz. O'ylaymanki, buguni mehnatlarimiz o'z samarasini berib terma jamoamiz albatta Jahon chempionatiga chiqadi. “Universiada” ishtirokchilarga omad tilab qolaman, - deydi Ermatov.

Abror Dehqonov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia