

Bugungi o'yindan muxlislar zavq olishgani shubhasiz. Bugun olti ochkoli o'yin bo'lgani bois jangovor ruhda o'tdi.
To'ychiboev haqida gapiradigan bo'lsam, u charchab qolyapti. Balki unga Oliy ligada birinchi mavsumni o'tkazayotgani pand berayotgan bo'lishi mumkin. Bugungi kunga qadar darvozani Parvanov qo'riqlab kelayotgandi. Ammo “ Paxtakor”ga qarshi kechgan o'yinda u beshta gol o'tkazib yubordi. Uning ruhiy holatni hisobga olib, Korneychukni asosiy tarkibda maydonga tushirdim, - deydi Bozorov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati


