Rasmiy xabar: “Manchester Siti” – “Real” bahsi qoldirildi

Eldor Akmurzayev
12 mar 2020
YCHL 1/8 finalida o'rin olgan “Etixad” o'yingohidagi javob o'yini 18 mart kuni o'tkazilmaydi.

“Shaharliklar” rasmiy sayti bayonotiga ko'ra, ushbu bellashuv boshqa kunga qoldirilgan.

Bunga “Real”ning basketbol jamoasi o'yinchisining koronavirusga chalingani sabab bo'lgan. Madridliklarning basketbol va futbol jamoalari bitta bazada joylashgani bois, futbolchilar karantinga joylashtirilgan.

Avvalroq, La Liga bahslari kamida 2 haftaga to'xtagani haqida xabar bergandik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: mancity.com