Rasmiy xabar: Islom To'xtaxo'jaev Xitoy klubiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
30 dek 2020, 16:13
O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev legionerga aylandi.

Hamyurtimiz Xitoyning "Shenyang Urban" klubi bilan shartnoma tuzdi.

Ushbu klub yakunlangan mavsumda Xitoy ikkinchi ligasida birinchi o'rinni oldi va birinchi ligaga yo'llanma oldi.

2015 yilda tashkil etilgan mazkur klub o'z uy o'yinlarini 12 000 tomoshabinga mo'ljallangan "Shenyang Urban Construction University" stadionida o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia