

Ispaniya klubi futbolchini 41 million evroga xarid qildi. Fransiya klubi yana 1 millionni bonus tariqasida olishi mumkin.
Futbolchi Barsa bilan 5 yillik shartnoma tuzdi.
21 yoshli futbolchi Romaga o'tishga yaqin edi. Kecha Italiya klubi Bordo bilan kelishuvga erishganini e'lon qildi, ammo Barselona muzokaralarga qo'shildi va Malkomni ilib ketdi.
O'tgan mavsum Malkom Bordo safida 38ta o'yinda 12ta gol urdi.




