Rasmiy xabar: Sergey Lushan – “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2014, 17:57
Sergey Lushan “Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Xabaringiz bor, Mirjalol Qosimov e'tiborni milliy terma jamoaga qaratgach, “Bunyodkor”ni vaqtincha Aleksandr Volkov boshqardi.

3 iyun kuni “Bunyodkor” futbol klubida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda jamoa a'zolariga yangi bosh murabbiy Sergey Lushan rasman tanishtirildi.

Sergey Ivanovich “Bunyodkor” futbol klubi uchun begona emas. U 2007-2008 yillar davomida “qaldirg'ochlar” safida harakat qilgan. 2009 yildan boshlab futbol maktabimizda yosh sportchilar bilan ishlab kelayotgandi. Shuningdek, u o'z shogirdlari bilan birga “Bunyodkor-2” nomi ostida birinchi liga bahslarida qatnashdi. “Bunyodkor” yoshlar jamoasi bilan ham ishladi. Umuman olganda, Sergey Lushan “Bunyodkor” futbol maktabiga poydevor qo'ygan insonlardan biri. U bosh murabbiylikkacha bosqichlarni bosib o'tgani ham e'tiborga molik.

Sergey Lushanning “Bunyodkor” FK bosh murabbiyligidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz.

BIZNING MA'LUMOT:
To'liq ismi: Sergey Ivanovich Lushan
Tug'ilgan sanasi: 09.04.1973
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri
Futbolchilik faoliyati:

Yil

Jamoa

O'

G

1993

“Patriot” (Moskva, Rossiya)

?

?

1993

“Madanchi” (Bekobod)

11

1

1994-1996

“Okean” (Naxodka, Rossiya)

93

11

1997-1999

“Krilya Sovetov” (Samara, Rossiya)

65

3

2000-2002

“Rostselmash” (Rostov, Rossiya)

52

0

2003

“Krilya Sovetov” (Samara, Rossiya)

5

0

2004

“Uralan” (Elista, Rossiya)

3

0

2005

“Metallurg” (Lipeck, Rossiya)

26

1

2006

“Yunit” (Samara, Rossiya)

21

1

2007-2008

“Bunyodkor” (Toshkent)

39

6

1998-2003

O'zbekiston milliy terma jamoasi

28

1


Murabbiylik faoliyati: 2009-2010 “Bunyodkor” futbol maktabi murabbiyi, 2011-2013 “Bunyodkor” yoshlar jamoasi murabbiyi, 2013-2014 “Bunyodkor” farm-klubi murabbiyi, 2014 yildan boshlab O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi, 2014 yil iyun oyidan “Bunyodkor” FK bosh murabbiyi.
 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com