Rasman: "Zenit" ham italiyalik bosh murabbiyni olib keldi

1 iyun 2017, 17:31
Piterning "Zenit" klubi jamoaga yangi bosh murabbiy tayinladi.


"Lacio", "Fiorentina", "Manchester Siti", "Inter" va "Galatasaray" jamoalardagi ishi bilan tanilgan italiyalik mutaxassis Roberto Manchini endilikda "Zenit" jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi.

Bunga qadar "Zenit"ni boshqarib kelgan Mircha Luchesku esa 28 may kuni iste'foga chiqarilgandi.

"Zenit" Roberto Manchini bilan 3 yillik bitimga imzo chekdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia