

"Xetafe" "Barselona" yarim himoyachisi Karles Alenyani ijara asosida jamoaga o'tganini e'lon qildi.
Ikki klub o'rtasidagi kelishuv joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan.
"Ko'klar" futbolchining maoshini o'zlari to'laydigan bo'ldi. OAV xabarlariga ko'ra, "Xetafe"da o'yinchini xarid qilish huquqi yo'q.



