

27 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Transfer summasi 500 ming evro bo'lishi haqida avvalroq xabar qilingandi. Fabricio Romano bonuslar tufayli bu summa 4-5 million evroga yetishi mumkinligini yozgan.
Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik yarim himoyachi 2020 yil "Ayaks"dan 39 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. Futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida Frankfurtning "Ayntraxt" klubida o'tkazib, Bundesliganing 8 ta uchrashuvida qatnashdi.




