Rasman: Umar Adhamzoda - "Paxtakor" futbolchisi!

Оқил Абдубарноев
21 dek 2023, 22:15
Avvalroq ushbu transfer haqida xabar bergandik.

"Neftchi" himoyachisi Umar Adhamzoda yangi mavsumni Toshkentning "Paxtakor" jamoasida boshlaydi. Bu haqda Farg'ona klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Umar Adxamzoda o'tgan mavsum Coca Cola Superligasida 24 uchrashuvda maydonga chiqdi va uchta gol urib, yana shuncha golga assistentlik qildi. 

Shuningdek, futbolchi O'zbekiston kubogida ikki uchrashuvda maydonga chiqib, ikki gol muallifiga aylandi.

Avvalroq saytimiz orqali ushbu transfer amalga oshishi to'g'risida xabar qilgandik.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Нефтчи" ФК матбуот хизмати