Rasman: Sherzod Temirov Eron chempionatida qoladi

Alisher
28 avg 2022, 20:13
"Persepolis" sobiq hujumchisi Sherzod Temirov Eron chempionatida qoladi.

"Paykon" klubi o'zbekistonlik forvardni o'z tarkibiga qo'shib olganini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, Temirov o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Persepolis"da o'tkazdi. 23 yoshli futbolchi fevral oyida Eron klubi bilan shartnoma imzolagandi.

Hujumchi bunga qadar "Nasaf", "Mashal" va "Paxtakor" jamoalari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/paykansportclub