Rasman: "Sautgempton" klubi "Liverpul" forvardini sotib oldi

Eldor Akmurzayev
2 iyul 2019
"Liverpul" hujumchisi Denni Ingz to'laqonli "Sautgempton" a'zosiga aylandi.

U 2018/19 yilgi mavsum ijara asosida ushbu klub safida to'p tepayotgandi. Sautgemptonliklar Ingsning transferi uchun "qizillar"ga 20 mln. evro o'tkazib berishdi. 26 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 3 yillik kelishuvga erishgan. 

Eslatib o'tamiz, Denni Ingz yakunlangan mavsum "Sautgempton" libosida APL doirasidagi 24 bahsda qatnashib, 7 gol urishga va uchta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'lgandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: southamptonfc.com