Rasman: "Oltin butsa"ning joriy mavsumdagi g'olibi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
25 may 2019, 02:07
Fransiya chempionatining so'nggi turida amaldagi champion PSJ mexmonda Reymsga imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvda parijliklar forvardi Kilian Mbappe raqib davozasiga bir marta yo'l topa oldi. Fransiyalik futbolchi musobaqadagi gollari sonini 33taga etkazib, Oltin butsa uchun kurashni boy berdi. Shu tariqa, 2018/19 yilgi mavsumning eng yaxshi to'purari Barselona sardori Lionel Messi bo'ldi. U LaLiganing 34 uchrashuvida qatnashib, 36 bora gol urishga erishgandi.

Qayd etish joizki, 31 yoshli futbolchi mazkur sovrinni 6 marotaba  qo'lga kiritadigan bo'ldi.  Messi 2010, 2012, 2013, 2017, 2018-yillarda ham Oltin butsaga egalik qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia