Rasman. “Nyukasl” sotuvga qo'yildi

Aslanov Jasurbek
17 okt 2017, 02:46
Angliyaning “Nyukasl” klubi rasman sotuvga qo'yildi.

“Muxlislar haqqi-hurmati ham Angliyaning eng keksa jamoalaridan birini yangi bosqichga olib chiqish kerak. Klub esa islohotlar va qo'llab-quvvatlashga muhtoj. Buning uchun jamoa yangi sarmoyadorlar qo'liga o'tishi lozim.

“Nyukasl”ning hozirgi rahbarlari nihoyat jamoani sotishga qaror qilishdi. Shu yo'l bilan jamoaning avvalgi shonini tiklash mumkin”, - deyiladi klub rasmiy saytidagi bayonotda.

Avvalroq, “Nyukasl” muxlislari jamoaning xozirgi xo'jayini Mayk Eshlidan klubni yangi sarmoyadorlarga sotishni talab qilib chiqishgandi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif