
"Napoli" klubi "Tottenxem"dan Tangi Ndombeleni rasman ijaraga oldi. Kelishuvda futbolchini ijara yakunida to'liq sotib olish bandi ham bor.
Avvalroq, "Napoli" Ndombele ijarasi uchun 1 mln evro to'lashi va 30 mln evro evaziga to'liq sotib olish imkoniyati borligi ma'lum qilingandi.
Ma'lumot uchun, "Tottenxem" Ndombele uchun 2019 yil "Lion"ga 60 mln evro to'lagandi. Bundan tashqari bitimda 10 mln evro bonus sifatida belgilangandi.