Rasman: “Napoli” “Roma” himoyachisini sotib oldi

1 iyul 2019, 07:46
Kostas Manolas Neapol klubi safiga o'tdi.

“Roma” Kostas Manolas transferidan 36 mln evro ishlab oldi. Hozircha shartnoma necha yil muddatga tuzilgani oshkor etilmadi.

Manolas 2014-yildan beri “Roma” safida to'p surib kelayotgandi. “Napoli”dan tashqari futbolchiga “Manchester Yunayted” ham da'vogarlik qilgandi. Bazi bir ma'lumotlarga ko'ra, “Napoli” Manolas transferiga jamoa yarim himoyachisi Amadu Diavarani ham qo'shgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Наполи” расмий сайти