

Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi sobiq hujumchisi Luish Nani faoliyatini Portugaliyaning "Eshtrela Amadora" klubida davom ettiradi.
Xabar qilinishicha, 37 yoshli Nani "Eshtrela Amadora" bilan 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bir mavsumlik shartnoma imzolagan. 37 yoshli forvard erkin agent sifatida Portugaliya chempionatiga qaytgan.
Luish Nani 2023/24 yilgi mavsum Turkiyaning "Adana Demirspor" jamoasida o'ynadi va u yerda 34 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



