Rasman: Mikel Arteta - "Arsenal" bosh murabbiyi

Tolibjon Qosimov
20 dek 2019
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning yordamchisi Mikel Artete "Arsenal" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu haqda London klubi rasmiy saytida xabar tarqatdi.

37 yoshli mutaxassis klub bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi.

"Arsenal" APLda 17 turdan so'ng 22 ochko jamg'argan holda jadvalning 10-pog'onasida bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Arteta futbolchi faoliyati davomida 2011-2016 yillar davomida "Arsenal" sharafini himoya qilgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Arsenal