Rasman: Maykl Karrik mavsum so'ngida faoliyatiga yakun yasaydi

20 yanv 2018, 07:15
“MYU” o'yinchisi futbolchilik faoliyatini tugatishini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Maykl faoliyatiga yakunlab, “MYU” murabbiylari shtabidan o'rin oladi. Buni jamoa bosh murabbiy Joze Mourinyo ham tasdiqlagan. 

Qayd etish joiz, 36 yoshli futbolchi ushbu mavsumda deyarli maydonga tushgani yo'q. Uning hisobida Liga kubogi doirasida maydonga tushilgan bitta o'yin bor, xolos.

Karrik “Yunayted” safida 2006-yildan boshlab maydonga tushib keladi. U shu vaqt ichida besh bora Angliya chempioni bo'lishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun