Rasman: "Manchester Siti"ning asosiy himoyachisi jamoani tark etadi

Mirjalol Normatov
19 may 2019, 13:53
"Manchester Siti"ning sardori Vensan Kompani kecha jamoasidagi so'nggi o'yinini o'tkazdi.

"Shaharliklar" safidagi 11 yillik faoliyatidan so'ng belgiyalik futbolchi klubni tark etmoqda. Shu yillar davomida u 360 o'yinda qatnashib, 20 gol kiritishga erishdi.

"U jamoaning yuragi bo'ldi. U borligida biz himoyamiz ishonchli qo'llarda ekanligini his qilib turdik. Uning "Manchester Siti"dagi faoliyati uchun katta rahmat aytamiz", - dedi "Manchester Siti" rahbari Haldun al-Muborak.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: mancity.com