Rasman: “Lion” himoyachisi “Valenciya”ga o'tdi

29 iyun 2018, 09:08
Muxtor Diakabi La Ligaga ko'chib o'tdi.

“Valenciya” o'zining navbatdagi tranfserini e'lon qildi. “Lion” futbolchisi Muxtor Diakabi endilikda “ko'rshapalaklar” safida to'p suradi.

21 yoshli futbolchi klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Diakabi yakuniga etgan mavsum “Lion” safida 21 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

U bugun ommaga rasman tanishtiriladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/Valencia