Rasman: Igor Sergeev - "Aktobe" futbolchisi!

Omonjon To`xtamirzayev
18 fev 2021
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Qozog'istoninng "Aktobe" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Hujumchi 2013 yildan buyon muntazam ravishda mamlakat milliy termasiga chaqirilmoqda. O'zbekiston termasi tarkibida 53 o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urishga erishgan.

"Aktobe" futbol klubi ushbu transfyerdan mamnun! Hamkorligimiz samarali bo'lishidan umidvormiz. Sergeevga chiroyli o'yinlar, ko'plab gollar va ulkan g'alabalar yor bo'lishini tilab qolamiz!, - deyiladi klub xabarida.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia