Rasman: Genrix Mxitaryan 7-raqamni olishi mumkin emas

Tolibjon Qosimov
2 fev 2018, 18:23
Qishki transfer oynasida armanistonlik Genrix Mxitaryan MYUdan "Arsenal"ga o'tdi.

Miki "to'pchilar" safida 7-raqamni oldi va hatto APLda shu raqamda maydonga tushishga ham ulgurdi.

Mxitaryan UEFA qoidalariga ko'ra Yevropa ligasida 7-raqamni ololmaydi. Chunki, joriy mavsum musobaqaning guruh bosqichida Aleksis Sanches londonliklar safida shu raqamda to'p tepgan. Shu sabab, Genrix Yevropa ligasida 77-raqamni tanladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Arsenal