

"Roma" va O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida "Speciya"da o'ynaydi. Futbolchi allaqachon A Seriya saytida yangi klubi qaydnomasiga kiritilgan.
27 yoshli forvardning ijara summasi 1,5 million evro etib belgilangan.

Shomurodov 2021 yilning yozida "Jenoa"dan 18 million evro evaziga "Roma"ga o'tgandi, biroq u asosiy tarkibda muntazam maydonga tushirilmadi va ko'proq rotaciya o'yinchisi sifatida harakat qildi.
Umuman olganda, Shomurodov rimliklar safida 48 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



