Rasman: "El Klasiko"ning yangi sanasi ma'lum bo'ldi

Alisher
23 okt 2019, 15:02
Ispaniya futbol qirolligi La Liga 10-tur doirasidagi "Barselona" va "Real" jamoalari o'rtasidagi o'yinning yangi sanasini belgiladi.

O'yin 18 dekabr kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

La Liga rahbariyati o'yinni 4 dekabrda o'tkazishni xohlagan edi, yakunda federatsiya klublarning variantini maqulladi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Real" jamoalarining 26 oktyabrda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan o'yini Barselonadagi tartibsizliklar tufayli bekor qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: rfef.es