

Denis Cherishev "Vilyarreal" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Hozircha transfer qancha mablag' evaziga amalga oshirilgani rasman ma'lum qilinmagan.
Ispaniya matbuotining yozishicha, Cherishevni "Vilyarreal" "Real"dan 7 million evro evaziga sotib olgan.
Eslatib o'tamiz, oldin ham Denis Cherishev "Vilyarreal"da ijara asosida o'ynagandi.


