Rasman: "Borussiya" Sanchoni ortga qaytardi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2024, 17:42
Dortmundning "Borussiya" klubi Jeydon Sanchoning qaytganini e'lon qildi.

Futbolchi "Manchester Yunayted"ni tark etdi.

"Borussiya" Sancho bo'yicha kelishuvni e'lon qilishga kreativ yondashdi. Klub odatdagi yangiliklar o'rniga rasmiy hujjatning parodiyasini e'lon qildi, unda shunday deyilgan: 

"Yaqin kelajakdagi rejalaring? - "Men qaytib keldim".

Eslatib o'tamiz, avvalroq OAVda angliyalik futbolchi joriy mavsum oxirigacha nemis klubiga ijara asosida o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi. 23 yoshli Jeydon Sancho jamoa bosh murabbiyi Erik ten Hag bilan mojarodan so'ng "qizil iblislar" qaydnomasiga kiritilmagan.

Angliyalik futbolchi ilgari Dortmundning "Borussiya"sida harakat qilgan va 2021 yilda MYUga yo'l olgan edi. Futbolchi joriy mavsum APLda bor-yo'g'i 3 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bvb.de