Rasman: "Barselona" "Kamp Nou"ga qaytmoqda

Sherzod Nurmatov
31 okt 2025
"Barselona" futbolchilari uzoq vaqtdan beri birinchi marta "Kamp Nou"da mashg'ulot o'tkazadi.

Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi.

2022 yildan beri stadion ta'mirlanmoqda va jamoa uy o'yinlarini boshqa joyda o'tkazib keldi.

Ta'mirlash ishlari hali yakunlanmagan bo'lsa-da, "Barselona" endi u yerda o'ynash huquqiga ega. Amaldagi licenziya 26 000 tomoshabinga ruxsat beradi, ammo klub rahbariyati bu limit 45 000 gacha oshirilishini taxmin qilmoqda.

Jamoaning 7 noyabrga belgilangan mashg'ulotlari muxlislar uchun ochiq bo'ladi. Chiptalar klub a'zolari uchun 5 evro va keng jamoatchilik uchun 10 evro turadi. Barcha tushumlar xayriya ishlariga sarflanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com