Rasman: Angliya Kubogining uchinchi va to'rtinchi bosqichlaridan durang qayd etilsa, ikkinchi o'yin bo'lmaydi

Narzulla Saydullayev
21 dek 2021, 22:38
Bu haqida Angliya Futbol Assotsiatsiyasi rasman e'lon qildi.

Barchaga ma'lumki, Angliya Kubogi o'yinlarida agar durang natija qayd etilsa, ikkinchi uchrashuv tashkil qilinib, o'yin qaytadan o'ynaladi. Angliya Futbol Assotsiatsiyasining yangi qaroriga ko'ra, Angliya Kubogining uchinchi va to'rtinchi bosqichlarida durang qayd etilgan taqdirda, odatdagidek o'yin qaytadan o'ynalmaydi. Agar jamoalar durang qayd etishsa, qo'shimcha vaqt va penaltilar seriyasi yordamida g'olib aniqlanadi. Bu qonun pandemiya paytida jamoalar taqvimiga osonlik kiritish uchun qilindi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: www.thefa.com