Raqibimiz: Marokash o'smirlar terma jamoasi haqida

Narzulla Saydullayev
21 okt 2013, 08:23
Bugun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi BAAdagi mundialning ikkinchi turini o'tkazadi.
Raqib Marokash o'smirlar terma jamoasi haqida ma'lumotlar bilan tanishib oling:

MAROKASH O'SMIRLAR TERMA JAMOASI
Bosh murabbiyi:
Abdulloh Idrissi.
Laqabi: “Atlas sherlari”.

Mahalliy mutaxassis Abdulloh Idrissi boshchiligida qita chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan marokashliklar o'smirlar ilk bor jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Bunga Afrika Kubogining Marokashda o'tkazilgani ham yordam berdi. Unda mezbonlar kuchli to'rtlikdan joy olishni uddalashdi. Guruh bahslarida Gabon va Botsvanadan ustun kelib, Tunis bilan durang o'ynagan Marokash o'smirlari amalda mundial yo'llanmasini naqd qilib qo'yishdi. Yarim finalda Kotd Ivuar, uchinchi o'rin uchun bellashuvda Tunisga imkoniyat boy berilgani Idrissu shogirdlariga bayram qilishga to'siq bo'lolmadi.

Guruh bosqichi
Marokash – Gabon – 4:1
Gollar
: Sakhi 8, 10, Marzuq 56, Jaadi 90.

Botsvana – Maroakash – 0:3
Gollar:
Marzuq 17, 80, Sakhi 49.

Marokash – Tunis – 1:1
Gol:
Buazzati 47.

Yarim final
Marokash – Kotd Ivuar – 1:2
Gol
: Sabbar 67-pen.

3-o'rin uchun
Marokash – Tunis – 1:1 (pen.bo'yicha – 10:11)
Gol:
Marzuq 69.

Marokash tarkibi guruhimizda eng yulduzlisi hisoblanadi. Chunki Belgiya, Gollandiya, Fransiya, Germaniya va Italiya chempionatlarida o'ynayotgan futbolchilar vaqt o'tishi bilan o'sha davlatlar futboliga moslashib, yuqori saviyada o'ynaydigan darajaga chiqib boradi. “Lion”, “Borussiya” Dortmund, “Bayer”, “Anderlext”, PSV, “Bryugge”, “Yuventus” kabi klublar akademiyasida tahsil olayotgan yosh marokashlik futbolchilarning bazilari keyinchalik kattalar o'rtasida o'zlarini ko'rsatishsa, bundan ajablanish kerak emas.
 
Nr.Futbolchi
T.SanaAmpKlubBo'yi
1Ussayid Belkush
15/01/1996Dr
Bryugge (Belgiya) 176
2Muhsin Samiki
15/01/1996HmFutbol Akademiyasi (Marokash) 181
3Muhammad El Buazzati
09/01/1997HmBorussiya D (Germaniya) 186
4Yassin Xadroui
03/02/1997HmBayer (Germaniya) 172
5Ashraf Achoui
10/12/1996HmStandart (Belgiya) 172
6Sofyan Amrabat
21/08/1996YahUtrext (Gollandiya) 173
7Nabil Jaadi
01/07/1996YahAnderlext (Belgiya) 175
8Karim Essikal
08/02/1996YahBryugge (Belgiya) 182
9Karim Achaxbar
03/01/1996HjGengam (Fransiya) 173
10Volid Sabbar
25/02/1996YahRaja Kasablanka (Marokash) 182
11Yunus Bnu Marzuq
02/03/1996HjYuventus (Italiya) 175
12Ahmad Tagnuti
05/04/1996DrFutbol Akademiyasi (Marokash) 188
13Yassin Jbira
16/02/1996HmFutbol Akademiyasi (Marokash)175
14Umar Arjun
01/02/1996YahRaja Kasablanka (Marokash)174
15Yunus Budadi
23/01/1996HmBryugge (Belgiya) 178
16Muhammad Saud
30/01/1996HmAtletik Tetan (Marokash) 185
17Zuheyr Mutaraji
01/04/1996Hj
Vidad Kasablanka (Marokash) 178
18Hamza Sakxi
07/06/1996YahShatoru (Fransiya) 172
19Tofiq Nachiri
09/02/1997YahPSV (Gollandiya) 172
20Bilol Jelall
28/03/1996YahAnderlext (Belgiya) 175
21Ashraf Sidki
06/01/1997Dr
Futbol Akademiyasi (Marokash)186


Behzod Nazarov tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia