Raneri iste'fosi sababchilari "Lester" futbolchilari bo'lgan

Aslanov Jasurbek
24 fev 2017, 15:17
"Lester Siti" bosh murabbiyi Klaudio Ranerining iste'fosi haqida bazi yangiliklar paydo bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, italiyalikning haydalishiga futbolchilar sabab bo'lgan.

Futbolchilar Chempionlar ligasi 1/8 finali ilk uchrashuvida "Sevilya"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng rahbariyatga etiroz bildirishgan.

Klub egasi bilan yig'ilishda Raneri yordamchilari bilan ham yaxshi munosabatda emasligi aytilgan.

Klaudio Raneri 2015 yilning iyulida "Lester" ustoziga aylandi va 2015/16 mavsumda APLda g'alabaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports