Ramos: "Qadrdonim Varan, faoliyatingning yangi bosqichida senga omad tilayman"

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2021
Madridning "Real" klubi sobiq sardori Serxio Ramos Rafael Varanning Madriddan Manchesterga ko'chib o'tishi munosabati bilan ta’sirlanarli xabar yo'lladi.

"Qadrdonim Rafa, bir necha yillik yaqin do'stlik uchun senga minnatdorchilik bildiraman, faoliyatingning yangi bosqichida senga muvaffaqiyat va omad tilayman. Qachondir, qarama-qarshi kelib qolsak, ajoyib bo'lardi. Sen har doim men bilan bo'lasan, shunday emasmi? O'zingni asra, Rafa", – deb yozadi Ramos.

Eslatib o'tamiz, Varan 50 million evro evaziga MYUga o'tdi. U 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Unga ko'ra yiliga 12 million evro oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/sergioramos