Rakitich: "Messi - ajoyib inson, u menga yordam berdi"

Tolibjon Qosimov
26 avg 2014, 12:51
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich Lionel Messi nomiga iliq so'zlarni aytib o'tdi.
Rakitich argentinalik futbolchining faqat professional emas, balki insoniy sifatlari haqida gapirdi.

"Leo faqatgina dunyodagi eng yaxshi futbolchigina emas. U ajoyib inson va u bilan chiqishib ketish oson. Messi o'z jamoadoshlarini ilhomlantira oladi, menga esa yordam berdi" - deydi Rakitich.

Eslatib o'tamiz, Rakitich Ispaniya chempionatining birinchi turida asosiy tarkibda maydonga tushdi va bitta golga assissentlik qildi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com