Raboning onasi "Barselona"dan yana 5 mln. evro talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
30 dek 2018, 15:15
PSJ yarim himoyachisi Adrien Raboning onasi Veronika Rabo futbolchining "Barselona"ga o'tish shartlarini qayta ko'rib chiqish kerak deb hisoblaydi.

Oldinroq, Rabo "Barselona"da yiliga 10 mln. evro ishlab topishi, bundan tashqari shartnoma tuzgani uchun 10 mln. evro olishi e'lon qilingan edi. Endi 23 yoshli futbolchining onasi Kataloniya klubi to'laydigan mablag' 15 mln. evro bo'lishini xohlamoqda.

Vaziyatni "Tottenxem" kuzatib bormoqda. "Shporlar" futbolchiga mavsumiy maoshi 8 mln. evro bo'lgan 3 yillik bitim taklif qilishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Paris United