Qozog'iston ketma-ket 14ta o'yindan beri yutmayapti. Seriya bir yildan oshiq davom etmoqda

Alisher
13 okt 2021, 08:38
Qozog'iston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Finlyandiya (0:2)dan mag'lubiyatga uchradi.

Jamoa 14ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Qozog'iston bu davr mobaynida 9ta mag'lubiyat va 5ta durang qayd etdi.

Qozog'iston termasi so'nggi bor 2020 yilning 4 sentyabrida Millatlar Ligasi doirasida Litva (3:1)ni mag'lub etgan edi.

Jahon chempionati saralashida Talgat Baysufinov jamoasi D guruhida 3 ochko jamg'argan holda, so'nggi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia