Qozog'iston. 7-tur. Baqoevdan ikkita, Salomov va Geynrixdan bittadan gol

Narzulla Saydullayev
19 apr 2014, 18:21
Qozog'iston premer ligasida 7-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
E'tiboringizni hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga qaratamiz.

"Aktobe" o'z uyida "Qaysar"ni yirik hisobda taslim qildi - 3:0. Hisobni maydonda 82 daqiqa harakat qilgan Geynrix ochdi. Kapadze esa 46-daqiqada almashtirildi. "Aktobe" 14 ochko bilan musobaqaning 3-pog'onasida bormoqda.



"Irtish" o'z maydonida "Astana"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 3:4. Ulug'bek Baqoev o'yinda dublga erishdi va 68-daqiqada chetlatildi. "Irtish" 8 ochko bilan musobaqa jadvalining 8-pog'onasidan o'rin olgan.

"Shaxtyor" "Jetisu"ni mag'lub etdi - 3:1. Shavkat Salomov mezbonlar safida 63 daqiqa harakat qildi va gol urishga erishdi. Kamoliddin Murzoev o'yinda maydonga tushmadi. "Shaxtyor" 16 ochko jamg'arib musobaqa jadvalining 2-o'riniga chiqib oldi.
 

Qozog'iston chempionati. VII tur
19 aprel (shanba)

"Irtish" - "Astana" 3:4
Gollar:
Judovich, 15 (1:0). Nuserbaev, 17 (1:1). Ulug'bek Baqoev, 25 (2:1). Ulug'bek Baqoev, 44 - penalti (3:1). Kurdov, 45 (3:2). Kurdov, 56 (3:3). Kurdov, 75 (3:4).
Chetlatishlar: Ulug'bek Baqoev 68 -  Marin Anichich 44

"Shaxtyor" - "Ordabasi" 3:1
Gollar:
Bayjanov, 7 (1:0). Shavkat Salomov, 20 (2:0). Vichyus, 46 (3:0). Tolebek, 90 (3:1).

"Aktobe" - "Qaysar" 3:0
Gollar: Aleksandr Geynrix, 45 (1:0).
Neko, 49 (2:0). Miroshnichenko, 90+1 (3:0).

"Taraz" - "Atirau" 3:3
"Tobol" - "Qayrat" 2:2
"Spartak" - "Jetisu"1:1


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia